05/06/2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan O‘zgidromet direktori Sh.Khabibullayev Samarqand shahriga biriktirilgan bo‘lib, joriy yilning 3-iyun kuni Samarqand shahri Chilquduq mahallasiga tashrif buyurib, ijtimoiy og‘ir ahvoldagi oilalar va farzandi og‘ir kasallikka chalingan oila holidan xabar oldi. Shuningdek, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.
03/06/2026
2026-yil 3-iyun kuni soat 15:00 da Samarqand viloyati Ishtixon tumani Zarband MFY hududidagi quruq soylarda kuchli yog‘ingarchilik natijasida suv ko‘tarilgani kuzatildi.
03/06/2026
2026-yil 3-iyun kuni soat 13:10 holatiga ko‘ra Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanida joylashgan Ocha gidropostida 35 daqiqada 7,4 mm gacha yog‘ingarchilik kuzatildi. Yog‘ingarchilik oqibatida suv sathi 50 sm ga ko‘tarildi.
Xavfli hodisalar kuzatilmadi.
Koordinata:40°25‛26‟N 66°35‛40‟E
03/06/2026
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.