04/06/2026
🔷 Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida vazir o‘rinbosari Umid Abidxadjayev hamda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning O‘zbekiston bo‘yicha katta koordinatori Yuriy Sterk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
____
🔷A meeting was held with representatives of the International Labour Organization
On June 4, 2026, a meeting was held at the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan between Deputy Minister Umid Abidkhadjaev and Yuri Sterk, Senior Coordinator of the International Labour Organization (ILO) in Uzbekistan.
04/06/2026
📄 Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda UNFPA o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik yo‘l xaritasi imzolandi
Mazkur hujjat demografik jarayonlarni tahlil qilish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish tizimini rivojlantirish hamda aholi ehtiyojlarini samarali boshqarishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
______
📄 A Roadmap for cooperation between the Ministry of Economy and Finance and UNFPA for 2026–2027 has been signed
The document outlines the implementation of joint initiatives aimed at strengthening the analysis of demographic trends, promoting data-driven decision-making, and enhancing the effective management of population needs.
04/06/2026
⏺ Budjet intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Tadbir budjet intizomini mustahkamlash, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarning moliyaviy mas’uliyat va komplayens talablariga oid bilimlarini oshirishga bag‘ishlandi.
____
⏺ Roundtable discussion held on budget discipline and anti-corruption measures
The roundtable discussion focused on strengthening budget discipline, preventing corruption and conflicts of interest, and enhancing employees’ awareness of financial accountability and compliance requirements.
03/06/2026
Toshkent shahrida turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Ochiq muloqot davomida sohani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi:
☑️ turizm va mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish hamda xalqaro standartlarni keng joriy etish;
☑️ turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan transport, navigatsiya va turistlarga xizmat ko‘rsatish obyektlarini kengaytirish;
☑️ turistik xizmatlar eksportini oshirish hamda mamlakatning xalqaro turistik jozibadorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.
03/06/2026
📈 “Fitch” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston kredit reytingi kutilmasini “barqaror”dan “ijobiyga” oshirdi
Joriy yilning 3-iyun kuni “Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan Oʻzbekiston suveren kredit reytingiga bagʻishlangan navbatdagi hisobot eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston suveren kredit reytingi “BB” darajasida tasdiqlanib, reyting kutilmasi “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirildi.
___
📈 Fitch International Ratings Agency Upgrades Uzbekistan’s Credit Outlook from “Stable” to “Positive”
On June 3, 2026, the “Fitch” international ratings agency published its latest report on Uzbekistan’s sovereign credit rating. According to the report, Uzbekistan’s sovereign credit rating was affirmed at the “BB” level, and the rating outlook was upgraded from “Stable” to “Positive”.
03/06/2026
⏺Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yer munosabatlari sohasida yuzaga kelayotgan muammolar, amaliy takliflar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:
☑️tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalarini ajratish;
☑️yerga boʻlgan egalik huquqini eʼtirof etish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
☑️tadbirkorlarga tegishli boʻlgan yer va bino-inshootlar maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq va kadastr organlari bazalarida oʻzaro muvofiqlashtirish;
☑️qishloq xoʻjaligi faoliyati uchun yangi tizim asosida yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish.
Muloqot davomida koʻtarilgan masalalarni hal etish, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy qilish hamda tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
02/06/2026
☑️“Belagro-2026” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston agro-sanoat majmuasining eksport salohiyati namoyish etilmoqda
Joriy yilning 2–6-iyun kuni Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilayotgan “Belagro-2026” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tadbirkorlik subyektlari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.
_________
☑️ Export Potential of Uzbekistan’s Agro-Industrial Complex Showcased at the «Belagro-2026» International Exhibition
A delegation of representatives from the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan and various business entities is participating in the «Belagro-2026» international exhibition and fair, held from June 2nd to 6th in Minsk, the capital of the Republic of Belarus.
02/06/2026
Samarqand viloyatida turizm va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Ochiq muloqot davomida sohani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi:
✔️ turizm sohasini jadal rivojlantirish, ichki va xalqaro turistlar oqimini kengaytirish hamda turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq va bojxona imtiyozlarini kengaytirish;
✔️ turistik obyektlar, mehmonxonalar, vokzallar va aeroportlar o‘rtasidagi transport qatnovini takomillashtirish, yo‘l tirbandliklarini kamaytirish hamda turistlar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish tizimini yaratishga qaratilgan transport-logistika yechimlari.
Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.