03/06/2026
🌐Ombudsman Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida fuqarolarimiz bilan ko‘rishib, sharoitlar bilan tanishdi
2026 yilning 2 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mazkur muassasada saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan yashash va ovqatlanish sharoitlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ta’lim olishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📍Batafsil: Ombudsman.uz
02/06/2026
↗Ombudsman delegatsiyasi Varshavadagi tergov hibsxonasi faoliyati bilan tanishdi
🔐2026 yilning 1 iyun kuni Varshavada xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya “Varshava-Byalolenka” tergov hibsxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif jarayonida muassasa ma’muriyati tomonidan hibsxonada saqlanayotgan shaxslar, ularning ijtimoiy kelib chiqishi hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
📎 batafsil Ombudsman.uz
02/06/2026
Varshavada inson huquqlari sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🔹2026 yilning 1 iyun kuni Varshavada xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Mariya Telalian bilan uchrashishdi.
🔺O‘zaro muloqot chog‘ida Ombudsman institutining faoliyati, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan ijobiy natijalar haqida fikr almashildi.
📎 batafsil : Ombudsman.uz
28/05/2026
🌎 Ombudsman Germaniyaning «G‘arb va Sharq uchrashuvlari» jamg‘armasi delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Germaniyaning «G‘arb va Sharq uchrashuvlari» jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisi Mattias Platsek boshqaruv raisi o‘rinbosari doktor Martin Ku**er hamda ijrochi direktor Anna Kayzer ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, murojaatlar bilan ishlash, ...
📎batafsil: Ombudsman.uz
27/05/2026
Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!
Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) жамоаси барча юртдошларимизни муборак Қурбон ҳайити билан самимий қутлайди!
Қурбон ҳайити инсонни эзгуликка, саховатга, муҳтожларга кўмак беришга ва бир-биримизни қадрлашга чорлайдиган муқаддас байрамдир. Ушбу улуғ айём қалбларимизга меҳр-оқибат, хонадонларимизга файзу барака, юртимизга тинчлик ва осойишталик олиб келсин.
Барчангизга мустаҳкам соғлиқ, оилавий хотиржамлик, хайрли амалларингизга барака ва эзгу ниятларингиз ижобатини тилаймиз.