04/06/2026
🌞 “Yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasi”ga marhamat! 🌞
✨ Yozni mazmunli, qiziqarli va foydali o‘tkazing!
📍 Mirzo Ulug‘bek tumani “Kelajak” markazi barcha o‘quvchi-yoshlarni yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasiga taklif etadi.
💫 “Kelajak” markazi — yangi avlod tashabbuslari, bilim va imkoniyatlar maydoni!
Maydonchada sizni:
🎨 Qiziqarli ijodiy mashg‘ulotlar
⚽️ Sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari
📚 Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar
🎯 Turli tanlovlar va ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda.
☀️ Yozni “Kelajak” bilan birga maroqli o‘tkazing!
☎️ Murojaat uchun:
📞 71 266 90 29
📞 71 266 81 34
📞 71 266 84 86
📍 Manzil: Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 235-A uy
🚏 Mo‘ljal: “Lunacharskiy” bekati
🌟 Kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan boshlang! 🌟
06/05/2026
🌿🪻Tabiat qoʻynida mashgʻulot🌿❕
🍀Bugungi mashg‘ulot — ilhom va tabiat uyg‘unligida!
“Kelajak” markazining Liboslar dizayni to‘garagi a’zolari bilan bugungi mashg‘ulotimiz markazimiz bog‘ida, musaffo tabiat qo‘ynida o‘tkazildi.
🍀 Tabiatning betakror ranglari, yaproqlarning mayin tebranishi va bahorning iliq nafasi yosh dizaynerlarimizga o‘zgacha ilhom bag‘ishladi. Har bir ishtirokchi atrof-muhitdan ilhom olib, o‘z tasavvuridagi libos eskizlarini yaratdi.
🍀 Ushbu mashg‘ulot nafaqat ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, balki go‘zallikni his etish, tabiatni qadrlash va undan ilhom olish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.
🌐Telegram
🌐|Facebook|
🌐Instagram
20/04/2026
🌀Joriy yilning 20-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Kelajak” markazi tomonidan tashkil etilgan "Ochiq eshiklar" kuni targ‘ibot tadbiriga rasman start berildi!
📍 Tadbir davomida markaz faoliyati, mavjud to‘garaklar va o‘quv kurslari yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy sharoitlar va istiqbolli loyihalar tashrif buyurgan maktab oʻquvchilariga keng namoyish etildi.
✨ “Kelajak” markazi – bu bilim, rivojlanish va yangi imkoniyatlar maskani!
20/03/2026
🌟 G‘ALABA MUBORAK! 🌟
✨Joriy yilning 18 mart kuni “Kelajak markazi kubogi” musobaqasining Toshkent shahar bosqichida Mirzo Ulug‘bek tumani to‘garak a’zolari munosib ishtirok etib, yana bir bor o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon etdilar! 💫
🏆 Musobaqa yakuniga ko‘ra, 11- yosh ishtirokchilar oʻrtasida shaxmat toʻgarak aʼzosi IIbragimov Imron faxrli 2-o‘rinni egalladi.
💫Bu natija — mehnat, intilish va ishonchning yorqin samarasidir. 🌱
Har bir yutuq ortida katta mehnat, ustozlar e’tibori va jamoaning qo‘llab-quvvatlashi mujassam.
👏 Ibragimov Imronga kelgusida yanada yuksak marralar, yangi zafarlar tilaymiz!
🚀 “Kelajak markazi” bilan kelajak sari dadil qadam!
👉Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |Facebook| Instagram
01/03/2026
🏆 G‘ALABA MUBORAK! 🤸♀️✨
🇺🇿Joriy yil bahorning ilk kunida Toshkent shahrida sportning gimnastika turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Yosh malikalar" turnirida Mirzo Ulug‘bek tumani “Kelajak” markazi to‘garak a’zolaridan:
✨ Zafarjonova Zakiya
✨Bozorova Asilzoda
✨Yuldasheva Munisa
✨Yuldasheva Muslima
✨Rustamova Shukrona munosib ishtirok etib, faxrli
🥇-o‘rinni qo‘lga kiritdilar! 🌟
✨Yosh gimnastlarimiz o‘z mahorati, intizomi va sahnadagi nafis chiqishlari bilan hakamlar hay’ati va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.
👏 G‘olib va sovrindorlarimizni samimiy tabriklaymiz!
👏 Toʻgarak rahbarimizga chuqur minnatdorchilik,ota-onalarga qo‘llab-quvvatlagani uchun tashakkur!bildirib qolamiz!
💫“Kelajak” markazi yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning salohiyatini rivojlantirish yo‘lida izchil faoliyat olib borishda davom etadi!
💐 Yangi zafarlar va yuksak marralar sari olg‘a!
26/02/2026
🎉🏆 GʻALABA MUBORAK! 🏆🎉
Joriy yilning 15 fevral kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "Mental arifmetika" musobaqasida Mirzo Ulugʻbek tumani “Kelajak” markazi toʻgarak aʼzolari faol ishtirok etib, oliy va 1- oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar!
Bu yutuq – toʻgarak aʼzolarimizni mehnati, ustozlarimizning samarali taʼlimi hamda ota-onalarimizning ishonchi natijasidir.
Barcha gʻoliblarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz! 🎊
Kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!
👏👏👏 “Kelajak” markazi – bilim va yutuqlar maskani!
24/02/2026
✅ Joriy yilning 24-fevral kuni Mirzo Ulug’bek tumani “Kelajak” markazi xodimlari tomonidan tumandagi 54-286-umumiy o’rta ta’lim maktablarida targʻibot tadbiri otkazildi.
🌐 Targʻibot tadbiri davomida o’quvchilarga “Kelajak”markazi va toʻgaraklar haqida ma’lumotlar berilib flayerlar tarqatildi.
❇️ Targ'ibot o'tkazshdan maqsad:
— Yoshlarning iqtidorini rivojlantirish;
— Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish;
— O’quvchilarni zamonaviy bilim va ko’nikmalar bilan ta’minlashda yaqindan yordam berishdir.
“Kelajak” markazi bilan - mustahkam poydevor quring!
Telegram | Facebook | Instagram