03/06/2026
“O‘ztransgaz” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi
📢 “O‘ztransgaz” AJning rasmiy Telegram kanali orqali “Korrupsiyaning oldini olish: ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida Jamiyatda korrupsiyaga qarshi komplayens tizimini yanada takomillashtirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va kamaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
⚖️ Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat alohida tuzilmalarning, balki har bir rahbar va xodimning muhim vazifasi hamda shaxsiy mas’uliyati hisoblanadi.
📞 Korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish uchun quyidagi aloqa kanallari faoliyat yuritmoqda:
📺 Ishonch telefoni: 1852
📱 Telegram-bot:
📩 Elektron pochta: [email protected]
🔐 Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat etuvchilarning shaxsi va ma’lumotlari maxfiyligi kafolatlanadi.
✔️ “O‘ztransgaz” AJ halollik, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga sodiq qolgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirmoqda.
🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
03/06/2026
Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 2 iyun kuni
“Oʼztransgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish boʼyicha birinchi oʼrinbosari – bosh muhandis Muhsin Narzullaevich Raxmonov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli oʼtkazildi.
03/06/2026
🌿 Ekologik mas’uliyat amaliy ishlardan boshlanadi
2026-yil 26-may kuni “O‘ztransgaz” AJ xodimlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan ekologik tadbirda ishtirok etdilar. Tadbir ESG tamoyillarini amaliyotga joriy etish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida hududni maishiy chiqindilardan tozalash bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazildi. Shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
“O‘ztransgaz” AJ uchun ekologik mas’uliyat barqaror rivojlanishning ajralmas qismi hisoblanadi. Jamiyat tomonidan atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda xodimlar o‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan ESG tamoyillari izchil joriy etib kelinmoqda.
Mazkur tadbir barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, Jamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik mas’uliyat tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.
♻️ Tabiatni bugun asrash — kelajak avlodlar uchun barqaror va farovon kelajak yaratish demakdir.
YashilKelajak
02/06/2026
Bugun soat 11:00 dan 12:00 gacha “O‘ztransgaz” AJning https://t.me/uztg_uz telegram kanali orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi “2026-2027-yillarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi VMQ-202-son qarorining ijrosi hamda “O‘ztransgaz” AJ faoliyatida korrupsiyaning oldini olish: ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etiladi.
Tadbirda “O‘ztransgaz” AJning mas’ul rahbar va mutaxassislar ishtirok etadi.
“O‘ztransgaz” AJ faoliyatiga oid savollar yuzasidan bo‘lib o‘tadigan “Savol bering - javob beramiz” loyihasida ishtirok etishga taklif qilamiz.
——————————————
Приглашаем вас принять участие в проекте “Задайте вопрос - мы ответим”, который пройдет в телеграмм-канале https://t.me/uztg_uz АО “Узтрансгаз” сегодня с 11: 00 до 12:00 часов.
25/05/2026
“Toshkent-1” GTSni to‘xtatish bo‘yicha
2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, joriy yil 1-2 iyun kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Toshkent-1” gaz taqsimlash stansiyasida texnologik qurilma va uskunalarni ta’mirlash va taftish ishlari olib borish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, “Toshkent-1” gaz taqsimlash stansiyasi orqali tabiiy gaz uzatish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ushbu ta’mirlash ishlarini to‘g‘ri tushunishingizni va keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
21/05/2026
📣E’LON
Aholi va tadbirkorlik subyektlari diqqatiga:
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy tuzilmalaridagi korxona va tashkilotlarning faoliyatlariga oid barcha masalalar yuzasidan jamiyatning +99871.202-10-12 (ichki raqamlar: 12-447 va 12-448) raqamiga soat 9.00 dan soat 18.00 ga qadar qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlaringizni murojaat, muammo, eʼtiroz va takliflaringizni qoldirishlaringiz mumkin.
21/05/2026
🚨 Hurmatli fuqarolar va jamiyat xodimlari!
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan jamiyatda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida Komplayens-nazorat bo‘limining qisqa ishonch telefoni ishga tushirildi.
📞 Ishonch telefoni: 1852
Ushbu raqam orqali siz:
✅ korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishingiz;
✅ noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan murojaat qilishingiz;
✅ taklif va shikoyatlaringizni qoldirishingiz mumkin.
⏱ Murojaatlar haftaning dushanba–juma kunlari
09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
🔒 Murojaatchining shaxsi va taqdim etilgan ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlanadi.
📌 “O‘ztransgaz” AJ korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash tarafdori!
19/05/2026
📣E’LON
✔️“O‘ztransgaz” AJ mutasaddilari joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullarni davom ettiradi.
💬 Navbatdagi sayyor qabullar joriy yilning 21-may kuni soat 10:00 da Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasida, 22-may kuni soat 11:00 da G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasida “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvining ishonchli vakili tomonidan o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
13/05/2026
✨ Energetika sohasi rivojida ayollarning o‘rni beqiyos!
Energetika sohasi va gaz transport tizimi nafaqat texnik jarayonlar, balki fidoyi insonlar mehnatiga tayanadi. Bu zanjirda xotin-qizlarning o‘rni beqiyosdir. «O‘ztransgaz» AJ tizimidagi ayollar nafaqat ma’muriy ishlarda, balki texnologik jarayonlarni boshqarish, muhandislik va xalqaro standartlarni tatbiq etishda faol ishtirok etmoqdalar.
📈 Gender tenglik siyosati tufayli ayol mutaxassislarning kasbiy mahorati yangi bosqichga ko‘tarildi. Gaz magistrallari xavfsizligi, raqamlashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda ularning mas’uliyati yuqori natijalar bermoqda.
🏆Energetika tizimidagi xotin-qizlar — kuchli iroda va yuksak professionalizm timsolidir. Ayollar ulushining ortishi O‘zbekiston energetika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi istiqbolli qadamdir.
13/05/2026
📍Bugungi k***a «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyatida yosh mutaxassislarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular tizimni modernizatsiya qilish va mamlakatimiz energetika mustaqilligini mustahkamlashda asosiy drayver vazifasini o‘tamoqdalar.
📈 Jamiyatda yosh kadrlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular magistral gaz quvurlarini boshqarishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni va energiya tejovchi yechimlarni tatbiq etishda faol ishtirok etishmoqda.
🤝 «O‘ztransgaz» AJ yoshlari har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan nufuzli 28-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” ko‘rgazmasi va konferensiyasida faol ishtirok etib, sohaning innovatsion rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
🏗 Bu kabi keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash tizimi «O‘ztransgaz» AJ yoshlarining o‘z bilim va g‘ayratini yurtimiz gaz uzatish tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida safarbar etishiga mustahkam zamin yaratmoqda.