✅Kuni kecha Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda badiiy gimnastika bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
🔰Unda poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-sonli umumta'lim maktabi 7-sinf o'quvchisi Anora Mamajonova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
🏆Nufuzli musobaqada iqtidorli o'quvchi Anora Mamajonova oltin medal bilan taqdirlandi va Osiyo chempioni bo'ldi.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi yangiliklari
Тошкент шаҳар мактабгача ва мактаб таълими янгиликлари
02/06/2026
❇️Bayram — bolalarniki, deb bejizga aytishmaydi.
👫Kecha Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yangihayot tumanidagi 566-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yangi O'zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida uyushtirilgan bayram jajji o'g'il-qizlar qalbiga olam-olam hayajon va zavq ulashdi.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
✅Poytaxtimizda ayol-pedagoglar o'rtasida voleybol bo'yicha o'tkazilgan Vazir kubogi musobaqasining Toshkent shahar bosqichi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
🎥Yakuniy tafsilotlar bilan “Sport” telekanali ijodkorlari talqinida tanishing.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
01/06/2026
✅1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
👫Bugun mazkur sana munosabati bilan Mirzo Ulug'bek tumanidagi 98-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o'ziga xos bayram uyushtirildi.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
✅Poytaxtimizda ayol-pedagoglar o'rtasida voleybol bo'yicha Vazir kubogi musobaqasining Toshkent shahar bosqichi zo'r uyushqoqlik bilan o'tkazildi.
🏆Musobaqaning hal qiluvchi bosqichida barcha raqiblarini dog'da qoldirgan Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchilari jamoasi bosh sovrinni qo'lga kiritib, Respublika bosqichiga yo'llanma oldi.Bahslar yakunida Yashnobod tumanidagi 282-sonli maktab vakillari ikkinchi, Olmazor tumanidagi 249-maktab pedagoglari faxrli uchinchi o'rinni egalladi.
🎥Tafsilotlar bilan “Sport” telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
26/05/2026
✅Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 352-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xayr, bog‘cham — salom, maktab!” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🎼Tadbir davomida jajji bolajonlar she’r, qo‘shiq va raqslari bilan barchaga quvonch ulashdilar. Bayram quvnoq, yorqin va unutilmas lahzalarga boy tarzda tashkil etildi.
👫Kichkintoylarning ilk bitiruv qadamlari ota-onalar va ustozlar qalbida iliq taassurot qoldirdi.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
26/05/2026
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 313-sonli umumta’lim maktabida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari har qachongidan-da fayzli va hayajonga boy tarzda o‘tdi.
♻️"Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida o‘tgan tantanali marosimga tuman prokurori Yahyo Abdurahmonov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, maktabning bir guruh sobiq bitiruvchilari taklif etildi.
💐Namunali xulqi va a’lo baholari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga faxriy yorliq, ularning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar berildi.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
25/05/2026
✅Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 126-sonli umumta'lim maktabida o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
🔰Tantanali tadbirda Chilonzor tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev ishtirok etib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi-yoshlarga yo'llagan tabrigini o'qib esh*ttirdi.
🎼So'ngra maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish qilindi. Tantanali marosimda yil davomida namunali xulqi bilan a'lo baholarga o'qigan o'quvchilar hamda yuqori natija ko'rsatgan faxriy ustozlarga faxriy yorliqlar topshirildi.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
25/05/2026
✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 196-sonli umumta'lim maktabida ham "Yuksak ma'rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlari yuqori saviyada uyushtirildi.
🎼Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda Prezidentimizning bitiruvchi-yoshlariga yo'llagan tabrigi o'qib esh*ttirildi. Maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur tadbirga yanada fayz kiritdi.
🔰Tantanali marosimda maktab ma'muriyati tomonidan a'lo baholar va namunali xulqi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lgan bitiruvchilar taqdirlandilar. Shuningdek, a'lochi bitiruvchilarning ota-onalari turli nominasiyalar bo'yicha e'tirof etilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the business
Telephone
Website
Address
Mustaqillik 69
Tashkent
100000
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 18:00 |
| Tuesday | 09:00 - 18:00 |
| Wednesday | 09:00 - 18:00 |
| Thursday | 09:00 - 18:00 |
| Friday | 09:00 - 18:00 |
