O'zarxiv agentligi - Агентство Узархив

O'zarxiv agentligi - Агентство Узархив

Share

Ўзбекистон Республикаси "Ўзархив" агентлиги
Agency «Uzarchive» of the Republic of Uzbekistan

Ўзбекистон Республикаси "Ўзархив" агентлигининг расмий каналлари:
https://t.me/uzarxivs
https://www.instagram.com/uzarxiv/
https://ok.ru/group/61327207956574

Коррупция ҳақида хабар беришга мўлжалланган алоқа каналлари:
(55) 503-01-50
https://archive.uz/corruption
[email protected]
@antikor_archive_bot

Архив иши бўйича савол ва жавоблар гуруҳи https://t.me/arxiv_savol_javoblar

03/06/2026



📝Jizzaxda tashkil etilgan ilk futbol jamoasi a'zolari.
1928-yil.

⚽️Qoʻlida charm toʻp tutgan ushbu yoshlar viloyatimizda sport turlarining rivojlanishi va bugungi futbolimiz poydevorini qoʻyishga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Surat oʻzining qariyb bir asrlik tarixi bilan barchamiz uchun qadrlidir.

📜Ushbu fotohujjat Jizzax viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/uzarxivs)| Instagram (https://www.instagram.com/uzarxiv/)| Facebook (https://www.facebook.com/uzarxiv)| OK (https://ok.ru/group/61327207956574) | YouTube (https://www.youtube.com/-7908).

Photos from O'zarxiv agentligi - Агентство Узархив's post 03/06/2026



O‘zbekiston Milliy arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Tadbir doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining “Arxivshunoslik” yo‘nalishida tahsil olayotgan 1–2-bosqich talabalari uchun “Arxivshunoslik o‘quv-tanishuv” amaliyotini tashkil etish maqsadida ekskursiya uyushtirildi.

Ekskursiya davomida talabalar arxiv faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hujjatlarni qabul qilish, saqlash, hisobga olish hamda ulardan foydalanish tartiblari. Arxiv mutaxassislari tomonidan fondlar tarkibi, tarixiy hujjatlarning ilmiy va amaliy ahamiyati, ularni restavratsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tarixiy hujjatlarni saqlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi. Talabalar arxivning o‘quv zallari, fond saqlov xonalari hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘limlari faoliyatini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

02/06/2026



Andijon viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari xodimlari tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" mavzusida video rolik tayyorlandi.

Arxivlar — xalqning tarixiy xotirasi, muhim hujjatlar va ma’lumotlarning ishonchli saqlovchisi sifatida jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Sohada korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir. Ayniqsa, arxiv ma’lumotnomalari, hujjatlar nusxalarini berish, ijro intizomi va xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylikka qat’iy rioya etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/uzarxivs)| Instagram (https://www.instagram.com/uzarxiv/)| Facebook (https://www.facebook.com/uzarxiv)| OK (https://ok.ru/group/61327207956574) | YouTube (https://www.youtube.com/-7908)

Photos from O'zarxiv agentligi - Агентство Узархив's post 02/06/2026

“Oʻzarxiv” agentligi hamda uning tizimidagi davlat arxivlarida arxivchi lavozimlariga ishga qabul qilingan xodimlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

Malaka oshirish dasturi doirasida tinglovchilar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda. Jumladan, arxivchilarni mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularning muzey va teatrlarga tashriflari yo‘lga qo‘yilgan.

Navbatdagi madaniy tadbir doirasida malaka oshirish kursi tinglovchilari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, tarixiy qo‘lyozmalar, noyob eksponatlar hamda yurtimiz sivilizatsiyasi taraqqiyotini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/uzarxivs)| Instagram (https://www.instagram.com/uzarxiv/)| Facebook (https://www.facebook.com/uzarxiv)| OK (https://ok.ru/group/61327207956574) | YouTube (https://www.youtube.com/-7908)

02/06/2026

"RAQAMLASHTIRISH VA JAMOATCHILIK NAZORATI ARXIV FAOLIYATIDA SHAFFOFLIKNI TA'MINLAMOQDA

"Yangi Farg‘ona" gazetasining 2026-yil 26-may kungi 43-sonida Farg‘ona viloyat davlat arxivi direktori N.Raxmanovaning "Raqamlashtirish va jamoatchilik nazorati arxiv faoliyatida shaffoflikni taʼminlamoqda" nomli maqolasi chop etildi.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/uzarxivs)| Instagram (https://www.instagram.com/uzarxiv/)| Facebook (https://www.facebook.com/uzarxiv)| OK (https://ok.ru/group/61327207956574) | YouTube (https://www.youtube.com/-7908)

Photos from O'zarxiv agentligi - Агентство Узархив's post 02/06/2026



Samarqand viloyat davlat arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

📄Tadbirda Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Samarqand filiali o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida mehmonlarga arxiv faoliyati, tarixiy hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

📄Shuningdek, tadbir ishtirokchilari viloyat davlat arxivida hujjatlarni raqamlashtirish jarayonlari hamda o‘quv zalida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/uzarxivs)| Instagram (https://www.instagram.com/uzarxiv/)| Facebook (https://www.facebook.com/uzarxiv)| OK (https://ok.ru/group/61327207956574) | YouTube (https://www.youtube.com/-7908)

Photos from O'zarxiv agentligi - Агентство Узархив's post 02/06/2026



KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — UMUMXALQ ISHI

"Jizzax ovozi" gazetasining 2026-yil 25-may kungi №21 (9311)-sonida Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘ral O‘razboyevning "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — UMUMXALQ ISHI" nomli maqolasi chop etildi.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/uzarxivs)| Instagram (https://www.instagram.com/uzarxiv/)| Facebook (https://www.facebook.com/uzarxiv)| OK (https://ok.ru/group/61327207956574) | YouTube (https://www.youtube.com/-7908)

01/06/2026



📌1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

📝Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi bolalar bog‘chasida ish jarayoni. Tarbiyachi Qurbonkulova Lyubov Savelevna.
1992-yil.

📜Ushbu fotohujjat Do‘stlik tuman davlat arxivida saqlanmoqda.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/uzarxivs)| Instagram (https://www.instagram.com/uzarxiv/)| Facebook (https://www.facebook.com/uzarxiv)| OK (https://ok.ru/group/61327207956574) | YouTube (https://www.youtube.com/-7908)

01/06/2026



📌1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

📝Nukus shahridagi Respublika o‘quvchilar saroyi qoshidagi "Qo‘g‘irchoq teatri" guruh a'zolari. Guruh rahbari K.Saparbayeva bolalar bilan birgalikda xalq ertaklarining mazmuni bo‘yicha yangi o‘yin sahnalashtirish chog‘ida.
O‘tgan asr 80-yillari.

📜Ushbu fotohujjat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxiv fondida saqlanmoqda.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/uzarxivs)| Instagram (https://www.instagram.com/uzarxiv/)| Facebook (https://www.facebook.com/uzarxiv)| OK (https://ok.ru/group/61327207956574) | YouTube (https://www.youtube.com/-7908)

Want your business to be the top-listed Government Service in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Республика Узбекистан, г. Ташкент Улица Чиланзар 2
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00