21/04/2025
Туғилган кунингиз муборак бўлсин!
❇️Бугун Мирзо Улуғбек тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлимининг Мактаблар фаолиятини мувофиқлаштириш шўъбаси мудири Музаффарова Саида Зухаковнанинг таваллуд куни.
Фурсатдан фойдаланиб Саида Зухаковнага мустаҳкам соғлик ва узоқ умр тилаймиз.
Мамлакатимизда таълим тизимини ривожлантириш, соҳага доир ислоҳотларни муваффақиятли амалга ошириш, ҳар томонлама соғлом ва баркамол авлодни вояга етказиш йўлида олиб бораётган фаолиятларида фақат омад ёр бўлсин!
🖌Мирзо Улуғбек тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими Матбуот хизмати
23/11/2024
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2024 yil 24 oktabrdagi 984-sonli Mudofaa vazirligi qoshidagi muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkaziladigan musobaqalarning tantanali yopilish marosimini joriy yilning 22-noyabr kuni Chirchiq okrugi poligonida o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Mirzo Ulug‘bek tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining T va MIB o‘rinbosari-“Vatan tayanchi” harakatining tuman bo‘linma boshlig‘i zaxiradagi podpolkovnik To‘xtayev Askar Esanovich, tuman tasarrufidagi 171 va 221 –sonli umumta’lim maktablarining “Vatan tayanchi” otryad a’zolari tarkibidan 40 nafar o‘quvchilar,CHQBT fani o‘qituvchilari va musobaqa g‘oliblarining uzoqdan kelgan ota-onalari, qarindosh va maxalladoshlari ishtirok etishdi.
“Vatan tayanchi” otryad a’zolari dastlab Chirchiq dala poligonida taktik maydonlar, otish shaharchalari, vintovkali artilleriya poligoni, qo‘shinlar otish maydonlari, tankodrom, direktrisalar, razvedkachilar yo‘lagi, muhandislik va radiasion, kimyoviy va biologik muhofaza shaharchalarida olib borilayotgan mashg‘ulotlar bilan tanishdilar va bevosita tomosha qildilar.
Shuningdek o‘quvchi yoshlar harbiylarimiz tomonidan tayyorlangan harbiy oshxona taomlari va shirinliklaridan baxramand bo‘ldilar.
Tadbir mobaynida o‘quvchi yoshlar “Innovasion texnologiyalar markazi” tomonidan tayyorlangan zamonaviy harbiy maxsulotlar bilan tanishishdi. So‘ngra esa ishtirok tadbirda etayotgan ekipajlar T-62, T-64, T-72 rusumli tanklarda va BTR-90 jangovar texnikalarda belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishga kirishdi. Start va finish, estafetani berish va to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanish uchastkalari bilan jihozlangan musobaqa trassasidan ildamlagan ekipajlar suvli to‘siq, qo‘rg‘onlaridan o‘tish harakatlari namoyishini tomosha qilishdi.Osmonda esa zamonaviy vertolyotlarning uchishlari barchani yanada zavqlantirdi.
Kuchli raqobat ruhi ostida kechgan musobaqalar davomida muddatli harbiy xizmatchilar 25 ta mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashib, g‘oliblar shohsupaning yuqori marrasini egallashdi.
Musobaqaning tanatanali yopilish marosimida g‘olib va sovrindorlarga Mudofaa vazirligining kubog, diplom, esdalik nishonlari va qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir so‘ngida harbiylarning turli ko‘rinishdagi chiqishlari va Mudofaa vazirligining harbiy san’atkorlari konsert dasturlari namoyish etildi.
Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB
Matbuot xizmati
06/04/2024
Bugun 2024 yil 6-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121-sonli umumta’lim maktabida 5-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishida tuman olimpiada bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB Matbuot xizmati
02/04/2024
2024 yil 3-6-aprel kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta'lim maktablarida “Hayot go‘zal, yashash uchun 1001 sabab” mavzusida aksiya bo‘lib o‘tadi.
Aksiyani o‘tkazishdan maqsadi:
Ta’lim muassasalarining barcha xodimlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalarida ijobiy munosabat ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
26/02/2024
Bugun poytaxtimizda Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlariga start berildi.
Mirzo Ulug‘bek tumani umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasidagi bilimlar sinovi 205-sonli umumta'lim maktabida uyushtirildi.
Eslatib o'tamiz, tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorlarda mukofotlanadi:
• 1-o‘rin – 100 million so‘m;
• 2-o‘rin – 75 million so‘m;
• 3-o‘rin – 50 million so‘m.
Bugungi natijalar:
1-o‘rin: 223-maktab;
2-o‘rin: 64-maktab;
3-o‘rin: 208-maktab.
🖌Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB Matbuot xizmati
26/02/2024
Бугун 2024 йил 26 февраль куни Мирзо Улуғбек туманидаги 205-сонли мактабда "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танловининг туман босқичи бўлиб ўтди.
Мирзо Улуғбек тумани ММТБ Матабуот хизмати.
14/02/2024
Mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan "Psixologlar bilim va malakasini oshirish" oyligi doirasida maktab psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarlar davom etmoqda. O‘quv-seminar 2024 yil 15 fevral kuniga qadar davom etadi.
Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB Matbuot xizmati.