Кадастр Агентлиги

Кадастр Агентлиги

Share

Кадастр агентлиги

01/06/2026

Hurmatli Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolari va tadbirkorlari

Tadbirkorlarning Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlari uchun joriy yilning 3-iyun kuni sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati hamda boshqarmaning tizim mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Xojeli guzari ko'chasi, 79/1 uy, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi binosi.

Boshlanish vaqti soat 10:00 da.

Murojaat uchun: +998 61 224 91 13

01/06/2026

Joriy yilning may oyi davomida o‘tkazilgan onlayn muloqotlar samarasi raqamlarda:

O‘tkazilgan onlayn audio muloqotlar soni — 42 ta
Jami kuzatuvchilar soni — 1 946 nafar
Murojaati tinglangan va muammolari hal etilgan fuqarolar soni — 600 nafar
Jonli efirlar umumiy davomiyligi — 30 soat, 30 daqiqa.
Ishtirok etgan mas’ul xodimlar soni — 71 nafar

Onlayn muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, yer-kadastr va ko‘chmas mulk sohasiga oid savollarga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida jamoatchilik bilan muloqotlar izchil davom ettiriladi.

01/06/2026

HUDUDLARDA XATLOV ISHLARI DAVOM ETMOQDA

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida respublika bo‘yicha xatlov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

2026-yil 01-iyun holatiga ko‘ra, jami 1 494 632 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi.

01/06/2026

OAV BIZ HAQIMIZDA

Surxondaryo MTRKning “Vaqt” dasturida Termiz tumanida O‘RQ–937-son Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari haqida lavha efirga uzatildi.

Batafsil — “Vaqt” informatsion dasturida.

01/06/2026

1-IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

Bolalar — xalqimizning bebaho boyligi, yurtimizning ertangi kuni va kelajagimiz bunyodkorlaridir.

Mamlakatimizda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sog‘lom, bilimli va har tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha bolajonlarni, ularning ota-onalari va ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.

Har bir bolaning kulgusi xonadonlarga quvonch, yurtimizga fayzu baraka olib kelsin!

Bolalar baxti — Vatan kelajagi!

01/06/2026

KADASTR AGENTLIGI MATBUOT ANJUMANI

Kadastr agentligi tomonidan “Ko‘p kvartirali uylar reyestri” axborot tizimining taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi.

Mazkur tadbir davomida yangi tizimning funksional imkoniyatlari, ishlash mexanizmlari, aholiga va qurilish sohasiga yaratilayotgan qulayliklar hamda tizimning amaliy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berilishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumani: joriy yilning 2-iyun kuni, soat 11:00 da Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosida o‘tkaziladi.

Barcha ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarni mazkur matbuot tadbirida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Matbuot anjumanida ishtirok etish istagida bo'lgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar (71) 202-55-60 (2) raqamiga qo'ng'iroq qilib ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

26/05/2026

OAV BIZ HAQIMIZDA

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2026 yilning birinchi choragida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 955 ta holatda 35,2 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Ko‘rilgan choralar natijasida 749 ta holatda 6 gektar yer maydoni hamda noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Batafsil: UzA maqolasida

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Sherobod tumanida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida xatlov ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan ishlar doirasida aholiga qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, yer va mulk huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, hozirga qadar tumanda jami 7 ming 600 ta obyekt xatlovdan o‘tkazilib, shundan 2 ming 100 tasi “E’tirof” axborot tizimiga kiritildi.

Batafsil: UzA maqolasida

Photos from Кадастр Агентлиги's post 26/05/2026

Yer uchastkalaridan foydalanishda qonuniylik va shaffoflik ta'minlanmoqda

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Denov tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumandagi “M.M” tajriba stansiyasiga tegishli bo'lgan qishloq xo'jaligi xaritasining 29-dala konturidagi 43 ball bonitetli sug'oriladigan suvli ekin yer maydonidan fuqarolar M.R.I va I.B.X lar tomonidan o'zboshimchalik bilan 2 200.0 kv.metr egallab olib, 609.6 kv.metrdan iborat qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

Keyinchalik, ushbu holat yuzasidan, fuqarolar M.R.I va I.B.X larga belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilib, noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati ham berilgan.

Eslatma, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229¹-moddasiga ko‘ra, sug'oriladigan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab, ularda qurilish ishlarini amalga oshirish - qonunga xilof harakat hisoblanadi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Bundan tashqari, Yer nazorati tadbirlari davomida tamagirlik yoki firibgarlik holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Unutmang, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni ga asosan 2018-yil 01-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko'rib chiqiladi.

26/05/2026

BUGUN 26-may

Avval xabar berganimdek, bugun Onlayn audio muloqot o'tkazadigan hududlar havolasi hamda o'tkazilish vaqtlari bilan tanishib olishingiz mumkin.

Buxoro viloyati 16:00 da
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 17:00 da
Toshkent viloyati 17:00 da

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar! Mazkur muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — sizning kadastr sohasiga oid savollaringizga javob berish hamda mavjud murojaatlaringizni tezkorlik bilan ko‘rib chiqishdir.

25/05/2026

OAV BIZ HAQIMIZDA

“Yer — umummilliy boylik. Uni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish har bir fuqaroning burchidir.”

Mamlakatimizda yer resurslarini muhofaza qilish, noqonuniy yer egallash holatlarining oldini olish hamda qonunchilik ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon aniqlangan 670 dan ortiq yer qonunchiligi buzilishi holatlarining 320 ga yaqini kadastr inspektorlarining tushuntirish ishlari natijasida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-maydan keyin o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va qurilmalar qonuniylashtirilmaydi hamda bunday holatlar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Batafsil: UZA.uz maqolasida

Want your business to be the top-listed Government Service in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Улица Чопонота, Квартал "Ц"
Tashkent
100097

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00