Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района

Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района, Government Building, г. Ташкент, Бектемирский район, Улица Х. Байкаро, 2, Tashkent.

Photos from Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района's post 22/05/2026

Bektemir tumanida “Yosh huquqshunos” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning qonunchilikka oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Yosh huquqshunos” tanlovi tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Bektemir tumani IIO FMB tashabbusi bilan “Yosh huquqshunos” tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tanlovda tumanda istiqomat qiluvchi hamda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 18-30 yosh toifasidagi 20 nafar faol yoshlar ishtirok etdi. Qatnashchilarning huquqiy bilimlari, qonunchilik sohasidagi tushunchalari va tezkor fikrlash qobiliyatlari hakamlar tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, huquq sohasiga bo‘lgan qiziqishlari yuqori ekanligini ko‘rsatishdi. Tanlov yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallab, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Gʻolib bo‘lgan yoshlarga tanlovning shahar bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar topshirildi.

Bunday tanlovlar yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni Vatanga sadoqat, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

21/05/2026
08/05/2026

“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” — sport tadbiri bo’lib o’tdi

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

Photos from Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района's post 08/05/2026

Yangi qo‘shimcha binolar foydalanishga topshirildi

346-sonli umumta’lim maktabida 660 o‘rinli qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

Photos from Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района's post 08/05/2026

Yangi qo‘shimcha binolar foydalanishga topshirildi

Bektemir tumanida bir qator muhim ijtimoiy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, yana bir muassasada qo'shimcha bino o'quvchilar uchun tuhfa bo'ldi. Tumanda joylashgan 291-maktabda 1320 o‘rinli yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Yangi binoda o'quvchilarning sifatli ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
_______
Введены в эксплуатацию новые дополнительные здания

В Бектемирском районе был организован ряд важных социальных мероприятий. В частности, ещё одним подарком для учащихся стало открытие дополнительного учебного корпуса в школе №291.

Состоялась торжественная церемония открытия нового учебного здания, рассчитанного на 1320 мест.

В новом корпусе созданы все необходимые условия для получения учащимися качественного образования.

Пресс-служба хокимията Бектемирского района

Photos from Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района's post 08/05/2026

Yangi qo‘shimcha binolar foydalanishga topshirildi

Bektemir tumanida joylashgan 580-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi qo‘shimcha binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari D. Rahimova, Bektemir tumani hokimi N. Abduraxmanov, mas’ul tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur muassasadagi mavjud 455 o‘ringa qo‘shimcha ravishda zamonaviy talablarga javob beradigan, 420 o‘rinli 3 qavatli yangi bino foydalanishga topshirildi.

Yangi binoda bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi hamda qulay va xavfsiz sharoitlarda kamol topishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
___________
Введены в эксплуатацию новые дополнительные здания

В Бектемирском районе состоялась торжественная церемония открытия нового дополнительного здания при государственной дошкольной образовательной организации №580.

В мероприятии приняли участие заместитель хокима города Ташкента Д. Рахимова, хоким Бектемирского района Н. Абдурахманов, представители ответственных организаций, а также средств массовой информации.

В дополнение к существующим 455 местам в учреждении введено в эксплуатацию современное трёхэтажное здание, рассчитанное на 420 мест.

В новом корпусе созданы все необходимые условия для качественного обучения и воспитания детей, а также их комфортного и безопасного развития.

Пресс-служба хокимията Бектемирского района

Photos from Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района's post 08/05/2026

“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” — sport tadbiri bo’lib o’tdi

Bektemir tumanida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish tadbiri bo’lib o’tdi.

Bektemir tumani hokimligi tashabbusi bilan o’tkazilgan ommaviy sport tadbirida jamoat faollari, tashkilot va idoralar xodimlari, IIV Malaka oshirish instituti tinglovchilari, sportchilar va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbir barchada katta taassurot qoldirib, jamoatchilik orasida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Photos from Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района's post 01/05/2026

⛲ Bektemirda "Favvoralar kuni"

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

Photos from Bektemir tumani hokimligi / Хокимият Бектемирского района's post 01/05/2026

Navbatdagi sessiya bo'lib o'tdi

Bektemir tumani hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman deputatlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya jarayonida bir qator muhim masalalar muhokama qilinib, qarorlar qabul qilindi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

Want your business to be the top-listed Government Service in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


г. Ташкент, Бектемирский район, Улица Х. Байкаро, 2
Tashkent
100154

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00