05/06/2026
2027-yildan sholi yetishtirishda sepma usuldan to‘liq voz kechiladi
Prezidentning 2026-yil 24-apreldagi PF–68-sonli Farmoniga muvofiq, 2027-yildan boshlab respublikada sholi yetishtirishning an’anaviy sepma usulidan to‘liq voz kechiladi.
Endilikda sholi faqat lazerli tekislangan maydonlarda ko‘chat usulida yoki zamonaviy don ekish seyalkalari yordamida ekiladi. Mazkur tartib suv resurslaridan samarali foydalanish va suv sarfini kamaytirishga qaratilgan.
Farmonda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan yerlarni qayta muomalaga kiritish hamda iqlim o‘zgarishi sharoitiga mos qishloq xo‘jaligi tizimini shakllantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, suv ta’minoti yaxshilangan yoki yangidan o‘zlashtirilgan yer uchastkalari yangi mexanizmlar asosida auksion savdolariga chiqariladi. Bunda yangi yerlarni o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish ishlariga faqat mazkur tadbirlar hududdagi suv resurslari balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
Shuningdek, 2027-yilga qadar manbalardagi suv zaxiralarini real vaqt rejimida kuzatish tizimini joriy etish, qishloq xo‘jaligida 1 kub metr suv hisobiga yaratiladigan iqtisodiy qiymatni baholash metodologiyasini ishlab chiqish hamda iqlimga mos qishloq xo‘jaligi konsepsiyasini tayyorlash vazifalari belgilangan.
Mazkur o‘zgarishlar suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashtirishga xizmat qiladi.
05/06/2026
Toshloqda 950 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida joriy yilda 950 gektar qishloq xo‘jaligi maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda.
Ayni paytda 380 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish, 190 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan. Shuningdek, 200 gektarda yig‘iluvchan quvurlar orqali, 180 gektarda esa diskretli sug‘orish usullari qo‘llanilmoqda.
Suv tejovchi texnologiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 105 gektar paxta maydonida mazkur tizimlarni o‘rnatish uchun fermer xo‘jaliklari va pudrat tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun Agrobank tomonidan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Tumandagi qator fermer xo‘jaliklari zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda namuna ko‘rsatmoqda. Xususan, “Komiljon ota ziyo” fermer xo‘jaligining 50 gektar paxta maydonida Xitoyning Shinjon usuli asosida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi.
Shu bilan birga, “Navbahor oq yo‘l sahovati” fermer xo‘jaligining 25 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun Agrobank tomonidan 312,5 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va fermer xo‘jaliklari iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
05/06/2026
Suv xo‘jaligi vazirligida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi
Bugun Suv xo‘jaligi vazirligida siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi o‘quvi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat xizmatchilari uchun muhim siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda ma’naviy-ma’rifiy mavzular muhokama qilindi.
O‘quv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirishga qaratilgan qarori ijrosini suv xo‘jaligi tizimida ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, qaror doirasida sohaga oid kasbiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, tashkilotlarda “Kitob burchagi” va “Kitob o‘qish soati”ni yo‘lga qo‘yish, kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimini joriy etish hamda eng faol kitobxonlarni rag‘batlantirish ishlari amalga oshiriladi.
Tadbirda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda sohada intellektual muhitni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
05/06/2026
"O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi" jurnalining 2026-yil 6-sonida Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi Sobirjon Isayev hamda Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Fahriddin Tursunovning ‘"Farg‘ona viloyatida suvdan oqilona foydalanilmoqda" sarlavhali material chop etildi.
04/06/2026
Samaradorlik va tejamkorlik — nasos stansiyalari oldidagi asosiy vazifa
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarilayotgan nasos stansiyalari faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Unda nasos stansiyalarining texnik holati, ularda elektr energiyasi sarfini kamaytirish imkoniyatlari hamda zamonaviy nasos agregatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida Xitoyning “Guangdong KENFLO Pump Industry Co., Ltd” kompaniyasi vakillari yuqori samaradorlikka ega nasos uskunalari va ularning texnik xususiyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot berildi.
Seminar ishtirokchilari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarilayotgan obyektlarda energiya tejamkor yechimlarni keng joriy etish, ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish va nasos stansiyalarining ishonchli ishlashini ta’minlash yuzasidan fikr almashdilar.
04/06/2026
Xorazmda “Aqlli suv” va “Diver” qurilmalari bo‘yicha amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi
Xorazm viloyatida suv xo‘jaligi obyektlarida joriy etilayotgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida “Aqlli suv”, “Diver” hamda nasos stansiyalariga o‘rnatilgan zamonaviy qurilmalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘uloti Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi mutaxassislari tomonidan olib borildi.
Seminar davomida ishtirokchilar sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirilib, “Aqlli suv” va “Diver” qurilmalarining vazifalari, ularni o‘rnatish uchun maqbul joy tanlash mezonlari, suv hisobini yuritish va hisobotlarni shakllantirish tartibi, shuningdek, qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlariga o‘rnatilgan “Aqlli suv” qurilmalari bo‘yicha inventarizatsiya ma’lumotlarini o‘z vaqtida shakllantirish va yangilab borish muhimligi ta’kidlandi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida qurilmalarni sozlash va boshqarish, onlayn platformalar orqali ma’lumotlarni qabul qilish hamda tahlil qilish tartibi namoyish etildi. Ishtirokchilar qurilmalar ekspluatatsiyasi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr almashdilar.
04/06/2026
Mamlakatimizda sel xavfi mavjud 60 ta yirik soy orqali har yili 690 million kub metr suv samarasiz oqib ketmoqda. Ushbu suvlardan samarali foydalanish orqali 13 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish, suv ta’minotini yaxshilash va baliqchilikni rivojlantirish imkoniyati mavjud.
Bunday sharoitda mavsumiy sel va yomg‘ir suvlarini yig‘ish orqali kichik suv zaxiralarini barpo etish muhim yechimlardan biri hisoblanadi.Kichik suv zaxiralari – asosan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel, soy va yomg‘ir suvlarini yig‘ish maqsadida tashkil etiladigan sun’iy suv havzalari bo‘lib, ular sug‘orish uchun qo‘shimcha suv zaxirasi yaratadi, shu yuilan birga, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilaydi.
Batafsil:
https://uza.uz/posts/865564
Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi Suv omborlari va yirik gidrotexnikinshootlardan foydalanish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Abdumajod Abdurahmonovning O‘zbekiston Milliy axborot agentligida chop etilgan "Sel va yomg‘ir suvlarini to‘plashga qaratilgan yondashuvlarning ahamiyati nimada?" sarlavhali maqolasidan.
Сел ва ёмғир сувларини тўплашга қаратилган ёндашувларнинг аҳамияти нимада?
Дунёда иқлими ўзгариши таъсирида тоғ музликларининг қисқариши, ёғинларнинг нотекис тақсимланиши, қурғоқчилик даврларининг ортиши ҳамда сел-тошқин ҳодисаларинин...
04/06/2026
Samaradorlik va tejamkorlik — nasos stansiyalari oldidagi asosiy vazifa
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarilayotgan nasos stansiyalari faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Unda nasos stansiyalarining texnik holati, ularda elektr energiyasi sarfini kamaytirish imkoniyatlari hamda zamonaviy nasos agregatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida Xitoyning “Guangdong KENFLO Pump Industry Co., Ltd” kompaniyasi vakillari yuqori samaradorlikka ega nasos uskunalari va ularning texnik xususiyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot berildi.
Seminar ishtirokchilari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarilayotgan obyektlarda energiya tejamkor yechimlarni keng joriy etish, ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish va nasos stansiyalarining ishonchli ishlashini ta’minlash yuzasidan fikr almashdilar.
04/06/2026
Yozda Markaziy Osiyoda kuchli yog'ingarchilik bo'ladi — BMT
2026-yilning yozida Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yomg'ir yog'ishi mumkin. BMT Butunjahon meteorologiya tashkilotining prognoziga ko'ra, Tinch okeanidagi El Nino hodisasining qayg'usiga mana shunday “syurpriz”olib keladi. (https://news.un.org/ru/story/2026/06/1468006)
Ekvatorial Tinch okeanidagi jarayonlar va Markaziy Osiyo ob-havosi o'ziga xos bog'liqlik bir qarashda mumkin. foyda 2026-yilda zarar kumulyativ effekt beradi. Antropogen omil tufayli sayyora atmosferasi va gidrosferasi yuqori darajada qizib ketgan.
Ob-havoning normal o'rniga o'rniga, ustiga katta katta yog'ingarchilik to'satdan yopiladi. BMT prognozlariga ko'ra, Markaziy Osiyo (AQSH janubi bilan birga) anomal yog'ingarchilikning asosiy nishonlaridan biriga aylanadi.
Shu bilan birga, Markaziy Amerika, Janubiy Amerikaning shimoliy, Karib havzasi, Avstraliya, Indoneziya va Janubiy Osiyoning ayrim qismlarida quruq ob-havoga tushadi.
El Nino o'zi nima?
El Nino — bu Tinch okeani ekvatorial qismining markaziy va sharqiy nazoratida yuza suvlarning anomal isishi bilan bog'liq iqlim hodisasidir. U yer yuzining turli joylarida atmosfera sirkulyatsiyasi va ob-havo sharoitlariga ta'sir ko'rsatadi. Hodisa har 2-7 yilda bir marta sodir bo'ladi va bir yil davom etadi. uning ta'siri Tinch okeanidan ancha uzoqda seziladi va butun Yer sharida harorat va yog'ingarchilik tartibini o'zgartiradi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish El Niini iqlimiy deb o'ylab ko'rishga chaqirdi.
“El Nino hodisasi global isish oloviga moy sepadi”, dedi uo'zining videomurojaatida.
Uning so'zlariga ko'ra, ta'sir avvalgidan ko'ra tez va kengroq seziladi. Samarali chora ko'rish uchun qayta tik energiyaga o'tishni tezlashtirish lozim. , aholining eng zaif qatlamlarni himoya qilish va erta tizimini yaxshilash lozim
Butunjahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Seleste Saulo ham hozirgi vaziyatga tayyorgarlikni talab qilishini tushuntirdi.
“Biz qurg'oqchilik va kuchli yomg'irlarni kuchaytiradigan, quruqlik va okeanda issiqlik to'lqinlari paydo bo'lgan kuchli El Ninosiga tayyorlanishimiz kerak”, deya ta'kidladi u.