08/07/2023
Xorazm viloyatida yana 40 nafar fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasiga ko'ra subsidiya asosida asbob-uskunalar tarqatildi.
Bugun Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati boshqarma boshlig'i Z.Ollaquliyev tomonidan "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dagi ishsiz, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan jami 40 nafar jumladan Gurlan tumanida 14 nafar, Bog'ot tumanida 12 nafar, Xiva tumani 14 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni mustaqil boshlashlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.
➡️Endilikda fuqarolarmiz, ishlab chiqarish kooperatsiyalariga a’zo bo‘lishadi hamda o‘z ishlab chiqarishlarini yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlaydilar.
08/07/2023
Вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов Урганч шаҳри ва Урганч тумани тадбиркорлари билан учрашди.
Учрашувда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 12 июнда қабул қилинган “Камбағалликни қисқартиришда тадбиркорлик субъектлари билан ўзаро манфаатли ҳамкорлик ўрнатишга қаратилган чора-тадбирлар тўғрисида"ги ПФ–93-сонли Фармони асосида “20 минг тадбиркор – 500 минг малакали мутахассис” дастури доирасида тадбиркорларга бериладиган солиқ, кредит ва божхона тўловлари бўйича имтиёзлар ҳақида батафсил маълумот берилди. Камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш мақсадида амалга оширилаётган ушбу дастурга тадбиркорлар жуда катта қизиқиш билдирмоқдалар.
08/07/2023
Тадбиркорлар билан учрашув
Мамлакатимиз Президентининг 2023 йил 12 июнда қабул қилинган “Камбағалликни қисқартиришда тадбиркорлик субъектлари билан ўзаро манфаатли ҳамкорлик ўрнатишга қаратилган чора-тадбирлар тўғрисида"ги ПФ–93-сонли Фармонига кўра, “20 минг тадбиркор – 500 минг малакали мутахассис” дастури амалга оширилади. Дастурда тадбиркорлар 3 йилгача муддатга тузиладиган ҳамкорлик шартномалари асосида ихтиёрий равишда иштирок этадилар. 2023–2024 йилларда Дастурни амалга ошириш учун жами 1 миллиард АҚШ доллари миқдорида кредит линияси очилади.
Вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов тадбиркорларга ушбу дастурнинг мазмун моҳиятини батафсил тушунтириш ва улар билан бевосита мулоқот қилиш мақсадида Ҳазорасп ва Тупроққалъа туманлари тадбиркорлари билан учрашди. Ҳазорасп тумани ҳокимлиги биносида ўтказилган очиқ мулоқотда тадбиркорларга ушбу дастурда қатнашиш орқали бериладиган кредит ва солиқ бўйича имтиёзлар ҳақида тўлиқ маълумот берилди ҳамда уларни қизиқтирган саволларга жавоб қайтарилди.
07/07/2023
Бугун вилоят ҳокимининг биринчи ўринбосари Муродбек Ачилов тадбиркорларни қийнаётган муаммо ва таклифларини яқиндан эшитиш мақсадида Хива шаҳри ва Хива, Қўшкўпир, Гурлан, Шовот, Янгибозор туманлари тадбиркорлари билан учрашди.
Учрашувда давлатимиз раҳбарининг "Камбағалликни қисқартиришда тадбиркорлик субъектлари билан ўзаро манфаатли ҳамкорлик ўрнатишга қаратилган чора-тадбирлар тўғрисида"ги ПФ-93 сонли фармони асосида “20 минг тадбиркор – 500 минг малакали мутахассис” дастури доирасида тадбиркорларга аҳоли бандлигини таъминлаш ва малакали мутахассислар тайёрлаш самарадорлигини ошириш мақсадида тадбиркорликка янада кенг имкониятлар яратиш ва молиявий рағбатлар тақдим этиш бўйича батафсил маълумот берилди.
Мулоқот жараёнида М.Ачилов мазкур дастур орқали тадбиркорларга бериладиган солиқ, кредит ва божхона тўловлари бўйича имтиёзлар ҳақида фикр алмашилиб давлатимиз ва тадбиркорлар манфаатини кўзлаган ҳолда имтиёзлардан унумли фойдаланишлари тўғрисида кўрсатмалар берди.
Маълумот ўрнида учрашувда тадбиркорлар томонидан юзага келаётган муаммолар атрофлича муҳокама қилинди ва учрашув қатнашчилари ва тадбиркорларни қизиқтирган саволларга батафсил жавоб берилди.
19/06/2023
🔔📢 Xorazm viloyati Shovot tumani "Guliston" mahallasi Hokim yordamchisi Ro'zimboyev Sirojbek Suxbat O‘g‘li bugun Siz 🥰😅 yoshni qarshi olayotganingizdan chin qalbdan muborakbod etib yuzingizni doim tabassum 😊 xech qachon tark etmasligini va hayot yo‘lingizdagi barcha ezgu istaklaringiz amalga oshishini 🤲, xar bir yangi kunni quvonch bilan qarshi olish baxtiga muyassar bo‘lishni hamda hayotingiz davomida xozirgiday har tamonlama kuchli va vatanimiz ravnaqi yo’lida qilayotgan sharafli ishlaringizga omad tilab jamoamiz bilan birgalikda tilakdoshmiz ! Yana bir bor tug’ilgan kuningiz bilan….🎊 🎉
12/06/2023
⚡️Xorazm viloyatida ayollar bandligi ta’minlanmoqda
💰Hududimizdagi Sovunchi, Obod, Obod, Nurli yo‘l, Saxtiyon, Yangi asr, Gulshan va Paxtakor mahallasida istiqomat qilayotgan, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan bir gurux fuqarolarga mahalla hokim yordamchilari tavsiyasiga ko‘ra Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan subsidiya asosida tikuv mashinasi berilib bandligi ta’minlandi.
Ma'lumot o'rnida, subsidiya ya'ni davlat tomonidan beriladigan bepul moddiy yordam asosida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish istagida bo'lgan xotin-qizlar mahalladagi hokim yordamchilariga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi.
✍️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi.
05/06/2023
Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar har bir mahalla va xonadonda o'z aksini topmoqda.
Urganch shahar "Binokor" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro, Usmanova Kurbonoyga, "Mustaqillik" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro, Ibragimova Shoira hamda Xiva shahri "Lolazor" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ro‘zmetova Rozika mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan, subsidiya asosida tikuv mashinalari hududiy boshqarma tomonidan yetkazib berildi. Shu tariqa fuqaro o'z-o'zini band qilgan holda faoliyat yuritadigan bo'ldi.
Ma'lumot o'rnida, subsidiya ya'ni davlat tomonidan beriladigan bepul moddiy yordam asosida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish istagida bo'lgan xotin-qizlar mahalladagi hokim yordamchilariga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi.
03/06/2023
⚡️Xiva shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan tashkil qilingan maskanda yana to'rt guruh tinglovchilari tikuvchilik va milliy liboslar yo'nalishni bo'yich 3 oylik o'quv kursini tugatib, sеrtifikatga ega bo'ldilar.
🤝Qo'shko'pir tumani kasb xunarga o'qitish markazi va Xiva shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi shartnoma asosida 31 nafar tinglovchilarni kasb-xunarga o'qitildi Milliy hunarmandchilik usta shogirt an'anasi bo'yicha 20 nafar, tеmir, ayollar va yoshlar daftarida turgan fuqarolarni kasb- hunarga o'qitildi, Jami maskanda 51 nafar tinglovchilarga sеrtifikat bilan taqdirlanib bandligi ta'minlandi. Tinglovchilar orasidan 9 nafari Xunarmand uyushmasiga a'zo bo'lish uchun arizalar topshirdilar.
01/06/2023
🔔📢 Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani "Do‘stlik" mahallasi Hokim yordamchisi Raximov Nodirbek Islombek o‘g‘li bugun Siz 30 yoshni qarshi olayotganingizdan chin qalbdan muborakbod etib yuzingizni doim tabassum 😊 xech qachon tark etmasligini va hayot yo‘lingizdagi barcha ezgu istaklaringiz amalga oshishini 🤲, xar bir yangi kunni quvonch bilan qarshi olish baxtiga muyassar bo‘lishni hamda hayotingiz davomida xozirgiday har tamonlama kuchli va vatanimiz ravnaqi yo’lida qilayotgan sharafli ishlaringizga omad tilab jamoamiz bilan birgalikda tilakdoshmiz ! Yana bir bor tug’ilgan kuningiz bilan….🎊 🎉🎁
✍️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi.
|Telegram|Instagra|Fecebook|📨 Murojaat|
01/06/2023
Бугун 1 июн — Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни!
Кўзларимиз қувончи, қалбларимиз баҳори - азиз ва беғубор болажонларимизни борига шукр.
Ҳаёт сиз билан гўзал!
1925 йил Женевада болалар фаровонлигига бағишланган Бутунжаҳон конференциясида қабул қилинган қарорга асосан 1-июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни этиб белгиланган ва бу байрам биринчи маротаба 1950 йилда дунёда байрам сифатида нишонлана бошланган.
Бугунги кунда ўсиб келаётган ёш авлодни ҳимоя қилиш замирида ҳаётни, унинг давомийлигини асраб-авайлаш моҳияти ётади. Келажак авлоднинг маънавий баркамол авлод бўлиб шаклланишидаги ҳар қандай ғамхўрлик эса юрт равнақи учун қўйилаётган мустаҳкам пойдевор демакдир.
Бугун эртамиз эгаларига кўрсатилаётган эътибор келажакда уларнинг Ватанига садоқатли, жисмонан ва маънан баркамол бўлиб етишишида муҳим омил ҳисобланади.
31/05/2023
Xorazm viloyati Urganch tumani "Qipchoq" mahallasi Hokim yordamchisi Axmedov Muxammad Sharipbayevich bugun Siz 41 yoshni qarshi olayotganingizdan chin qalbdan muborakbod etib yuzingizni doim tabassum 😊 xech qachon tark etmasligini va hayot yo‘lingizdagi barcha ezgu istaklaringiz amalga oshishini 🤲, xar bir yangi kunni quvonch bilan qarshi olish baxtiga muyassar bo‘lishni hamda hayotingiz davomida xozirgiday har tamonlama kuchli va vatanimiz ravnaqi yo’lida qilayotgan sharafli ishlaringizga omad tilab jamoamiz bilan birgalikda tilakdoshmiz ! Yana bir bor tug’ilgan kuningiz bilan….
30/05/2023
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik va oʻzini-oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar qoʻllab-quvvatlanmoqda.
🫂 Jumladan, bugun Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish xududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Urganch tumanidagi
✅“Oq maktab” mahallasida yashovchi S.Madrimova, D,Raximovaga,
✅“Rovot” mahallasida yashovchi Sh.Avezovaga,
✅“Tandirchi” mahallasida yashovchi N.Bazorova, O,Matyokubovaga,
✅“O'rtado'rman” mahallasida yashovchi I.Raxmanova, N.Vaisova va R. Xudayberganovaga
✅“Тадқиқотчилар” mahallasida yashovchi S.Matyakubovaga,
✅“Uyshun” mahallasida yashovchi M.Adambayeva, M.Djumaniyazova, M.Erkoyevalarga mahalla hokim yordamchilarining tavsiyanomasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish xududiy boshqarmasi xulosalariga asosan tikuv mashinalari subsidiya asosida ishsiz fuqarolarga yetkazib berildi.