07/04/2026
Xorazm viloyatida malaka (test) sinovlariga start berildi
Sinovlar Urganch shahridagi 17-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Malaka sinov markazi”da bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu sinov jarayonlarini shaffof va sifatli tashkil etish maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Kimyo fanidan o‘tkaziladigan sinovlarda 460 nafar o‘qituvchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Jarayon avvalida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov markazga tashrif buyurib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
📌 Sinov jarayonlarini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin:
👉 https://cams.uzedu.uz/
07/04/2026
Turkmanistonning Ashxobod shahrida 2026-yil 8–13-aprel kunlari III Xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli musobaqada turli davlatlardan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filialida Xorazm viloyatidan mazkur olimpiadaga yo‘l olgan jamoani tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektimirov ishtirok etib, o‘quvchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Yoshlarimizga xalqaro maydonda yuksak natijalar tilaymiz!
18/03/2026
RAHBAR E’TIBORI – SIFATLI TA’LIM GAROVI
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov “Quvonch Kids” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Jarayon davomida muassasadagi zamonaviy o‘quv xonalari, qulay sharoitlar, bolajonlar uchun yaratilgan rivojlantiruvchi muhit hamda xavfsizlik tizimlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, bolalar uchun yanada qulay va sifatli muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bugungi k***a maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar – kelajak avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Har bir yaratilayotgan sharoit – bolajonlarimizning porloq kelajagi uchun muhim qadamdir!
18/03/2026
URGANCH TUMANIDA YANGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Urganch tumani “Oq maktab” mahallasida yana bir zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlarga o‘z eshiklarini ochdi!
“Quvonch Kids” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan, 300 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi hudud aholisi, ayniqsa jajji bolajonlar uchun haqiqiy bayramga aylandi.
Tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari S. Salayev, tuman hokimligi vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda nodavlat ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq, Xorazm viloyatida ham maktabgacha ta’lim qamrovi sezilarli darajada oshmoqda.
Yangi tashkil etilgan ushbu muassasa Urganch tumanida qamrov darajasini yana 1,8 foizga oshirish imkonini yaratdi.
So‘nggi yillarda:
16 820 o‘rinli 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari
36 552 o‘rinli 1408 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari
Qator xususiy nodavlat ta’lim muassasalari tashkil etildi
Natijada viloyatda maktabgacha ta’limga qamrov 83 foizga yetdi!
Bugungi k***a amalga oshirilayotgan har bir shunday loyiha – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevordir. “Quvonch Kids” maktabgacha ta’lim tashkiloti ham yosh avlodni bilimli, tarbiyali va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishda muhim maskan bo‘lishiga ishonamiz.
31/01/2026
Xorazmda maktab direktorlari uchun amaliy seminar-trening bo'lib o'tmoqda
Bugun, 31-yanvar, Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatda Xorazm viloyati umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar davomida maktab rahbarlarining hisobotga tayyorgarligi, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Tajriba almashish, savol-javoblar va amaliy tavsiyalar seminarining asosiy qismini tashkil etadi.
26/01/2026
Xorazmda Xalqaro geografiya olimpiadasi saralashining 1-bosqichiga start berildi
Xorazm viloyatida Xalqaro geografiya olimpiadasining saralash bosqichi boshlandi. Saralashning 1-bosqichi Urganch shahridagi 1-son maktab-internatida bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlovda ishtirokchilarning geografiya fanidan bilimlari ingliz tilida tayyorlangan sinov savollari asosida baholanmoqda. Ushbu jarayon o‘quvchilarning nafaqat fan bo‘yicha bilimlarini, balki chet tilidagi savodxonligini ham namoyon etmoqda.
Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.
Iqtidorli yoshlar — yurt kelajagi!
26/01/2026
Xorazm viloyatida yosh ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
Viloyat bosqichida 50 ta jamoa tarkibida 92 nafar iqtidorli o‘quvchi o‘zlarining ilmiy-texnik ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari va ijodiy loyihalarini taqdim etib, bilim va salohiyatlarini namoyon qilmoqda.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
“Ixtirochilikka qadam” tanlovi yoshlarning ijodkorlik va innovatsion fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ularni yangi g‘oya va ixtirolar yaratishga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
19/01/2026
Xorazmlik kichik sinf o‘quvchilari ingliz tilidan yuqori natijalarga erishmoqda!
Avvalo, Xorazm viloyatida ta’lim olayotgan kichik sinf o‘quvchilarining ingliz tili bo‘yicha erishayotgan yutuqlari alohida e’tiborga loyiq.
Urganch shahar 5-son maktabining 4-sinf o‘quvchisi Zilola Sheripova ingliz tili bo‘yicha CEFR tizimida B1 darajani qo‘lga kiritib, yoshiga nisbatan juda yuqori natija qayd etdi.
Xorazm viloyati, Gurlan tumani 3-son umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshev Abbos ingliz tili bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritib, tengdoshlariga namuna bo‘ldi.
Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari ham munosib natijalarga erishmoqdalar:
Urganch shahar 10-son umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Humoyunmirzo Bekchanov — B2 (Upper-Intermediate).
Urganch shahar 22-son maktabining 6-sinf o‘quvchisi Mahliyo Sultanova — B2.
Urganch shahar 5-son maktabining 6-sinf o‘quvchisi Samira Karimova — B2 sertifikati sohibasi.
Mazkur yutuqlar o‘quvchilarning mehnatsevarligi, bilimga bo‘lgan intilishi hamda ustozlarning samarali mehnati natijasidir.
Barcha yosh iqtidor egalarini ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!